O‘zbekiston yashil iqtisodiyot sari AVGUST | 2022-YIL © 2022 Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki / Jahon banki 1818 H Street NW Vashington (Kolumbiya okrugi)20433 Telefon: 202-473-1000 Internet: www.worldbank.org Ushbu hisobot Jahon banki guruhi xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hamkorlikdagi faoliyati natijasidir. Hisobotda taqdim etilgan fikrlar, sharhlar va xulosalar Jahon banki, uning Direktorlar kengashi yoki ular vakillik qiladigan hukumatlarning nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin. Jahon banki ushbu hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi yoki dolzarbligiga kafolat bermaydi. Bank ma’lumotlardagi har qanday xatolar, kamchiliklar va nomuvofiqliklar yoki ushbu hujjatda keltirilgan ma’lumotlardan, usullardan, jarayonlardan va xulosalardan foydalanish yoki foydalanmaslik uchun javobgar emas. Ushbu hisobotda keltirilgan xaritalarda ko‘rsatilgan chegaralar, ranglar, nomlar va boshqa ma’lumotlar Jahon banki biron bir hududning huquqiy maqomi yoki bunday chegaralarni qo‘llab-quvvatlashi yoki tan olishini bildirmaydi. Ushbu hujjatdagi hech narsa Jahon bankining to‘liq saqlab qolgan imtiyozlari va immunitetlari cheklanishi yoki Bank ulardan voz kechishiga sabab bo‘lishi mumkin emas. Huquqlar va Foydalanish uchun Ruxsatlar Ushbu hisobotdagi materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Jahon banki o‘z hujjatlarining tarqatilishini rag‘batlantirishi sababli, ushbu hujjat to‘liq havola berish sharti bilan notijoriy maqsadlarda to‘liq yoki qisman ko‘paytirilishi mumkin. Iltimos, ushbu hisobotga havolani quyidagicha keltiring: “The World Bank and the Ministry of Economic Development and Poverty Reduction of the Republic of Uzbekistan. 2022. Towards a Greener Economy in Uzbekistan. ©World Bank.” Huquqlar va litsenziyalar uchun barcha so‘rovlar Jahon bankining quyidagi manzildagi Nashriyot bo‘limiga yuborilishi kerak: World Bank Publications, The World Bank Group, 1818 H Street NW, Washington, DC 20433, USA; fax: 202-522- 2625; e-mail: pubrights@worldbank.org. O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI i MINNATDORCHILIKLAR Ushbu hisobot Veyen Leou, Yelena Strukova-Golub, Appolonia Mbove, Paola Agostini, Kristina Govoruxa (maslahatchi), Erjon Lyusi (maslahatchi) va Anil Markandya (maslahatchi) boshchiligidagi Jahon bankining asosiy guruhi tomonidan Kseniya Lvovskayaning umumiy rahbarligi ostida tayyorlangan. Shuningdek, hisobotni tayyorlashda Jahon bankining boshqa xodimlari ham katta hissa qo‘shdilar - Elbek Yusupov, Uilyam Zeyts, Uilyam Yang, Ferxat Essen, Sergiy Zorya, Robert Vrobel, Daniel Kull, Rozanna Nitti, Mariana Yootti De Payva Dias, Tarik Saxovich, Emil Abdikalikov, Richard Damaniya va Jeyson Russ hamda Perdyu universitetidan Maksim Chepelev. Jamoa Kreyg Meysner, Urvashi Narain va Monali Ranadega ushbu hisobot bo‘yicha o‘z taqrizlarini taqdim etganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Bundan tashqari, jamoa Marko Mantovanelli va Jeyn Ebingerga batafsil ko‘rsatmalar va yordam uchun minnatdorchilik izhor etadi. Jamoa ushbu hisobot ustida olib borilgan ishlarni o‘z bilimi va fikri, taqdim etgan ma’lumotlari bilan qo‘llab-quvvab kelgan ko‘plab davlat xizmatchilariga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Jamoa O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati va xodimlariga, xususan, vazirning birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va departament direktori O‘tkirjon Xolbadalovga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Shuningdek, jamoa o‘z bilimlari bilan bo‘lishgan va ushbu hisobotning matni va yakuniy tavsiyalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatgan ko‘plab manfaatdor tomonlarga minnatdorchilik bildiradi. Ushbu hisobot PROGREEN global hamkorligining moliyaviy ko‘magi hisobiga tayyorlangan. ii O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI ASOSIY QISQA MA’LUMOTLAR So‘nggi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonning bozor islohotlarining navbatdagi bosqichiga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratdi. Iqtisodiy islohotlar yanada “yashil” bo‘lib, iqtisodiyot barqaror bo‘lsa, ushbu jarayon O‘zbekiston uchun yanada foydaliroq kechishi mumkin. 2016-yilda O‘zbekiston rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni boshladi. Ko‘pgina muhim tarmoqlarda bozor islohotlari faollashdi. Hukumat COVID pandemiyasi davrida kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish bilan bir vaqtda islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sa’y-harakatlar ko‘zlangan naatijalarni berdi va bugun O‘zbekistondagi odamlar farovonlik va turmush sharoitlari yaxshilanganini his etmoqda. Iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqichida kambag‘allikni ikki baravar kamaytirish va 2030-yilga borib O‘zbekistonni daromadi o‘rtachadan yuqori davlatga (UMIC) aylantirishni maqsad qilib qo‘yilgan. Iqtisodiy islohotlarga “yashil” maqsadlarni joriy etish orqali O‘zbekiston o‘tish jarayonini mustahkamlash va ushbu jarayondan olinadigan foydani oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu sinergiya “O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”da ham e’tirof etilgan. “Yashil” o‘tish mustaqil jarayon emas, balki barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ajralmas qismidir. “Yashil” siyosat resurslarning va boylikning yanada samarali taqsimlanishiga, raqobatbardosh korxonalarga olib keladi. “Yashil” yondashuv resurslarning samarali ishlatilishiga va atrof-muhitning oqilona boshqarilishiga e’tibor beradi, bu esa samarali tabiiy resurslar bazasini saqlab qolgan holda boshqa sohalarda o‘sish bo‘lishi uchun ko‘proq resurslarni bo‘shatadi. “Yashil” siyosat yashil texnologiyalar va yechimlardan foydalanishni qo’llab-quvvatlaydi. Bu yangi ish o‘rinlari yaratadigan va samarasiz davlat korxonalari rivojlanishdan ushlab turgan iqtisodiyotni yanada faollashtiradigan yangi ishtirokchilar va ularning tajribasi, innovatsiyalar va kapitalni talab qiladi. “Yashil” o‘tish o‘zgarishlarning zarar ko‘rgan ishchilarga ta’sirini yumshatish hamda ularning yashil imtiyozlar va imkoniyatlardan foydalanishiga ustuvor ahamiyat berish orqali o‘tishning salbiy oqibatlarini bartaraf etadi. Buning natijasida jamoatchilikning iqtisodiy islohotlarni qabul qilishi kuchayadi va o‘tish jarayoni o‘z yo‘lida davom etishi mumkin bo‘ladi. Yanada barqaror va “yashil” iqtisodiyotga aylanish uchun mamlakat mavjud ekologik muammolar va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradigan boshqa xavf omillari ustida ishlashi kerak. Hukumat kelajakda paydo bo‘ladigan boshqa muammolarni ham oldindan bilishi kerak; resurslardan foydalanish va zaruriy tovarlar narxining o‘zgarishi, ehtimol, past daromadli aholi guruhlariga ta’sir qilishi mumkin. “Yashil” sektorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda uglerod va resurslarni ko‘p talab qiladigan faoliyat turlaridan voz kechish investitsiyalar va ish o‘rinlari yaratilishi tuzilmasini o‘zgartiradi. Natijada kimdir bundan foyda ko‘radi, kimdir esa jabr ko‘radi. Iqlim o‘zgarishining jismoniy ta’siri kabi boshqa omillar muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Jahon bankining “Yashil, Barqaror va Inklyuziv Rivojlanish” (GRID) yondashuviga asoslangan diagnostika yuqori daromadli mamlakatlarga taqqoslaganda o‘zgarishlar talab etiladigan sohalarni aniqlaydi. Iqtisodiy mahsulotning iste’mol qilingan har bir kilogramm materialiga 0,8 AQSh dollari miqdoridagi resurs samaradorligi Yevropa Ittifoqi (YeI) va boshqa daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlardagi ko‘rsatkichdan ancha pastroq – o‘rtacha 2,9 AQSh dollari. O‘zbekistonda ayniqsa suv samarasiz ishlatiladi: foydalanilgan suvning har bir kubometri uchun iqtisodiy unumdorlik daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarga qaraganda 14 dollarga past. O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya iste’moli YeMO mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb uch baravar va qo‘shni Qozog‘istonnikidan ikki baravar ko‘p. Degradatsiyaga uchragan yerlardagi changning shamol ta’sirida ko‘chishi shahar va sanoat manbalaridan chiqadigan qattiq zarrachalar havoni ifloslantirishi holatini og‘irlashtiradi. Aholining katta qismi muntazam ravishda nosog‘lom deb O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI 1 hisoblangan havodan nafas oladi: yalpi ichki mahsulotning 6 foiziga teng bo‘lgan tasodifiy bo‘lmagan o‘lim holatlarini havo ifloslanishi bilan bog‘lash mumkin (3.3-bo‘lim). Yer degradatsiyasi iqtisodiyot uchun juda qimmatga tushadi va bu o‘zaro bog‘liq ekologik muammolar tufayli yuzaga keladi. Degradatsiyaga uchragan yerlar bilan bog‘liq atrof-muhitning degradatsiyasi (3.2-bo’lim) YaIMning 4 foiziga teng zarar keltiradi. O‘zbekiston ob-havo o‘zgarishlari oldida zaif va mamlakatning Chidamlilik indeksi past. Qurg‘oqchilik va suv toshqinlari oqibatlari tahlili shuni ko’rsatdiki, eng ko‘p zarar ko‘rgan aholi guruhlari daromad darajasi va iste’molda katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Boshqa mamlakatlarda ob-havoning keskin yomonlashuvidan aziyat chekayotgan aholi soni ko‘proq bo‘lsa ham, bu O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ijtimoiy himoyasi zaif davlatga aylantirdi. Iqlim o‘zgarishining ehtimoliy modeli tahlili shuni ko‘rsatadiki, mamlakatdagi ijtimoiy himoya zaifligi faqat oshib boradi. Tahlillarda qayd etilgan o‘ta zaif hududlar orasida Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi alohida ajralib turadi. Tabiiy kapital hisobining tahlili tabiiy resurslarni boshqarish va mamlakat Chidamlilik indeksining pastligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. Oʻzbekiston aholi jon boshiga tabiiy resurslar bo‘yicha Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan, Qozogʻistonni hisobga olmaganda, yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Biroq tabiiy kapitalda yaylovlar va haydaladigan yerlarning ulushi ancha koʻp, ekotizimlarning ishlab turishini ta’minlaydigan oʻrmonlar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ulushi esa kamroq. Suvdan ortiqcha foydalanish bilan birgalikda ushbu omillar yer degradatsiyasining tarqalishda davom etishiga yordam beradi. Shu bilan birga, iqlim va global siyosiy landshaft oʻzgarishi kabi boshqa xavflar ham paydo boʻlmoqda. Iqlim oʻzgarishining jismoniy ta’siri bevosita iqtisodiy yoʻqotishlarga olib kelmoqda. Mavjud ma’lumotlarga koʻra, asosan qishloq xoʻjaligiga ta’sir koʻrsatadigan iqtisodiy yoʻqotishlar 2030-yilga kelib YaIMning 1 foizini tashkil qilishi baholangan (4.2-boʻlim). Iqtisodiy yoʻqotishlarning qariyb yarmi suv va biologik xilma-xillikning qisqarishi natijasida yashash joylarining yoʻqolishi bilan bogʻliq boʻlib, bu birinchi navbatda qishloq xoʻjaligiga ta’sir qiladi. Iqlim oʻzgarishi mehnat unumdorligiga ham ta’sir qiladi va Oʻzbekistonda ishchi kuchi boʻyicha taklifning 2-5 foiz punktga qisqarishiga olib kelishi mumkin. Oziq-ovqat ishlab chiqarishni iqlimga mos qishloq xoʻjaligi orqali qisman moslashtirish mumkin. Yer, suv va landshaftni samaraliroq boshqarish esa iqlim oʻzgarishi ta’sirlarini yanada yumshatishi mumkin. Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha jamoaviy harakatlar doirasida mamlakatlar kam uglerodli siyosatni qabul qilishadi, qazib olinadigan yoqilgʻiga global talab esa asta-sekin kamayib boradi. Koʻp uglerod talab qiluvchi eksportga ta’sirning tahliliga koʻra (4.3-boʻlim), Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti va farovonligiga sezilarli darajada putur yetadi. O‘zbekistonning asosiy eksport bozorlari o‘rtasida siyosatni muvofiqlashtirishning, shu jumladan ko‘p uglerod talab qiluvchi mahsulotlarga transchegaraviy soliqlar qo‘llash orqali, turli ssenariylariga ko‘ra, 2050-yilgacha O‘zbekistonning tabiiy gaz va neft eksporti 40 foizgacha zarar ko‘rishi mumkin. Biroq, O‘zbekiston o‘zining kam uglerodli siyosatini olib borish orqali bu ta’sirlarni yumshata oladi. Boshqacha aytganda, yer degradatsiyasi, suv tanqisligi va havoning qattiq zarrachalar bilan ifloslanishi hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolardir. O‘zbekistonning yuqori darajada energiya va uglerod talab etadigan iqtisodiyoti mamlakatni uglerod darajasini kamaytirish bo‘yicha global siyosat va asosiy savdo hamkorlarining moslashtiruvchi chegara soliqlari oldida zaif qilib qo‘yadi. Iqlim o‘zgarishiga moslashuv choralarisiz esa mamlakatning ekologik muammolari va past darajadagi ijtimoiy chidamlilik yanada chuqurlashadi. Ushbu iqtisodiy yo‘qotishlarning aksariyatini iqtisodiy foydaga aylantirish mumkin. Bu uchun amaldagi iqtisodiy islohotlarda “yashil” ustuvorliklarni belgilash lozim. Ushbu ustuvorliklar E.1 jadvalda umumlashtirilgan va hukumatning Yashil oʻsish strategiyasining oltita yoʻnalishiga 2 O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI muvofiq taqdim etilgan. Roʻyxatda keltirilgan ustuvor yoʻnalishlarning aksariyati hisobot tahliliga asoslanadi, qolganlari esa hisobotga ilova qilingan maslahatlashuvlar chogʻida aniqlangan. Shunday maslahatlashuvlardan biri Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshchiligidagi bir qancha vazirliklar va tashqi manfaatdor tomonlar ishtirokida oʻtgan “Yashil oʻsish” dialogi turkumi. Shuningdek, hisobotda kam uglerodli rivojlanish va “yashil” ish joylari yaratishni ragʻbatlantirish kabi ushbu ustuvorliklarning ayrimlariga erishish uchun samarali strategiyalar ko’rib chiqiladi. Atmosferaga chiquvchi uglerod chiqindilarini kamaytirish siyosati kam uglerodli va samaradorligi yuqori energiyaga o‘tish uchun zarur rag‘batlarni yaratadi (5.1-bo‘lim). Hozirda davlat korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning turli shakllariga kiritilgan yirik energetika subsidiyalarini qisqartirish boshlanish nuqtasi bo‘ladi. Keyin esa uglerod solig‘i yoki qazib olinadigan yoqilg‘ilarga mos narxlar joriy etiladi. Ushbu strategiyalar uglerod chiqindilarini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega va resurslarni safarbar qilish salohiyati tufayli ham ko‘proq ma’qul keladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVF) va Jahon bankining uglerod narxlarini baholash vositasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda uglerod narxlari yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha qo‘shimcha fiskal daromad keltirishi mumkin. Ushbu mablag‘lar “yashil” loyihalarni moliyalashtirish yoki uy xo‘jaliklariga iqtisodiy ta’sirni yumshatish uchun ishlatilishi mumkin. Bir tonna uchun 35 AQSh dollari miqdoridagi uglerod solig‘i odatdagi stsenariyga nisbatan uglerod chiqindilarini 11 foizga qisqartirishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlarning xarajatlari qisman havo sifatining yaxshilanishining foydali tomonlari bilan qoplanadi. Qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirish, landshaftni tiklash va shamol ko‘chiradigan changni cheklash bo’yicha boshqa chora-tadbirlar aholi salomatligiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa shaharlarda. Atmosfera havosining mavsumiy ifloslanishi muammolarini hal qilish uchun markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini maqsadli kengaytirish bilan shaharsozlikni takomillashtirish, shu jumladan Qashqadaryoda ham, qo‘shimcha ijobiy natijalarga olib keladi. Ish o‘rinlarini yaratish va qayta taqsimlash strategiyalari yashil o‘tish davridagi ayrim ijtimoiy oqibatlarni yumshatishga yordam beradi. Investitsiya multiplikatorlari va atrof-muhit ko‘rsatkichlarini hisobga oladigan yangi “yashil” ish o‘rinlari tahliliy vositasi (5.3-bo‘lim) yordamida bir qator “yashil” sektorlar va sanoatlar aniqlangan. Sektorlarda tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshayotganda, kapital va ishchi kuchi kabi bo‘shagan resurslar yuqori qiymatga ega “yashil” sanoat sektorlariga yo‘naltirilishi mumkin. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, moliya va iqlimga moslashtirilgan konchilik ish o‘rinlari va ekologik natijalarni optimallashtiradigan eng yaxshi “yashil” sohalar qatoriga kiradi. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari va “yashil” salohiyatga ega boshqa innovatsion texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarning kengroq ro‘yxatini tahlil qilishda davom etish lozim. Bandlik eng yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasi yuqori qiymatga ega bo‘lgan bog‘dorchilikka o‘tish va chorvachilikni qo‘llab- quvvatlash orqali ko‘proq “yashil” ish o‘rinlarini yaratish va turmush sharoitini yaxshilash salohiyatiga ega. Iqtisodiyot kam uglerodli modelga o‘tganda ba’zi aholi guruhlari va tarmoqlar boshqalarga qaraganda ko‘proq xavf ostida bo‘ladi. Resurslar samaradorligi esa muhim xizmatlarni qayta baholashga olib keladi. Qazib olinadigan yoqilg‘I sohasining ko‘chirilgan ishchilari uchun daromadlarni tiklash va qayta taqsimlash dasturlarini joriy qilish kerak. Bunday tashabbuslar ekologik soliq tushumlaridan moliyalashtirilishi mumkin. Bu jamiyatni islohotlarga sodiq qolishi uchun erta va sezilarli foyda keltiradi. “Yashil” iqtisodiyotni qurish katta hajmdagi moliyalashtirishni talab qiladi, ammo “yashil” moliyalashtirish strategiyalari bu muammoni bartaraf etishga yordam beradi. Dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish va uni “yashil” maqsadlarga moslash uchun yetarli imkoniyatlar mavjud (5.2-bo‘lim). Shuningdek, “yashil” soliqlar orqali daromadlarni jalb qilish imkoniyatlari ham mavjud, bu boshqa soliqlarni oshirishga qaraganda iqtisodiy o‘sishga kamroq ta’sir qiladi. Xususiy mablag‘larni “yashil” investitsiyalarga yo‘naltirish davlat byudjetini “yashil” sektorlarga sarflashga yordam beradi. Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) obligatsiyalari bo‘yicha so‘nggi ijobiy tajriba yashil xususiy kapitalni jalb qilish uchun asos yaratadi. O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI 3 Navbatdagi bosqichlar Ushbu hisobot O‘zbekiston eng dolzarb ekologik va boshqa xavf omillarini aniqlash va iqtisodiy islohotlarda aks etishi kerak bo‘lgan yashil ustuvorliklarni sanab o‘tish orqali yashil iqtisodiy o‘tishga erishishi mumkinligiga dastlabki baho beradi. Bu yo‘nalishdagi ba’zi strategiyalar ushbu hisobotda tahlil qilingan bo‘lsa-da, ushbu hisobotda tegishli siyosat va chora-tadbirlarni oqilona ishlab chiqish uchun izlanishlarni davom ettirish tavsiya qilinadi. Mamlakatdagi jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, ishonchli tahlil va modellashtirish uchun zamonaviy iqtisodiy ma’lumotlarni olish qiyin bo‘lib qolmoqda. Siyosatni muvofiqlashtirish so‘nggi ma’lumotlarga asoslangan qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi. Bunday tadqiqotlar suv va energiya narxlarini asoslash uchun taqsimlash tahlilini, shuningdek, investitsiya xarajatlari va iqlimga mos xavflarni baholashga asoslangan moslashish va barqarorlik strategiyalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu tadqiqotlar ushbu hisobotga kiritilmagan, lekin Jahon bankining bo‘lajak tahliliy ish dasturining bir qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin, jumladan, Iqlim va mamlakat taraqqiyoti hisoboti (CCDR), Iqlim o‘zgarishini institutsional baholash (CCIA) va Yashil o‘sishni dasturiy qo‘llab-quvvatlash hisobotlari kabi. E.1-jadval Iqtisodiy o’tish uchun “yashil” ustuvorliklar Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Yerdan barqaror foydalanish: qishloq Qisqa muddatlidan o’rta muddatligacha: • Iqtisodiy taraqqiyot xo‘jaligi, suv va landshaftlar • Yer degradatsiyasini nafaqat tuproq va kambag’allikni (15-BRM: Yerdagi hayot) eroziyasini to’xtatish, balki o’rmon qisqartirish vazirligi Suvdan samarali foydalanish, yer va landshaftlarni tiklash dasturlarini • Qishloq xo’jaligi unumdorligi va ijtimoiy himoyaning qabul qilish orqali ham to’xtatib qolish vazirligi zaifligi o’rtasida jiddiy bog’liqlik mavjud. mumkin. • Suv xoʻjaligi vazirligi Suvdan foydalanish samaradorligini • Iqlimga moslashtirilgan qishloq • Oʻrmon xoʻjaligi davlat keskin oshirish ustuvor vazifa bo’lib, xo’jaligini joriy etish qoʻmitasi narxlarning shakllanishi va sug’orishga • Sug’orish suvi narxlari va suv tariflarini • Ekologiya va atrof- investitsiyalar yuqori samarali vosita xarajatlarni aks ettiruvchi darajaga muhitni muhofaza hisoblanadi. Suvdan foydalanish bosqichma-bosqich ko’tarish va tarif qilish davlat qo’mitasi chegaralarini ham yodda tutish kerak. imtiyozlarini bekor qilish Landshaftning tiklanishi qishloq • Bandlik va mehnat • Texnik yo’qotishlar va suv munosabatlari vazirligi xo’jaligini bilvosita qo’llab-quvvatlaydi. yo’qotilishini kamaytirish uchun Ishchi kuchining harakatchanligi eskirgan suv ta’minoti infratuzilmasini (mobilligi), ish o’rinlarining mavjudligi modernizatsiya qilish va qayta o’qitish imkoniyatlari mavjud sharoitda qishloq xo’jaligida, O’rta muddatlidan uzoq muddatligacha: shu jumladan yuqori qiymatga ega • Mintaqaviy hamkorlikni hisobga olgan faoliyatlarda, bandlik o’sishi mumkin. holda ekologik barqarorlik talablariga muvofiq suvdan foydalanishni cheklash • Yangi texnologiyalarga investitsiya xatarlarini kamaytirish, yer islohotini rag’batlantirish va davlat-xususiy sherikligi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali suvdan foydalanishda samarali texnologiyalar va iqlimga mos qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash. • Ishchi kuchini qayta tayyorlashga ko‘maklashish orqali qishloq xo‘jaligidan yuqori qiymatga ega va yuqori ish haqiga ega tarmoqlarga o‘tishni ta’minlash, ayniqsa, eng zaif ayollar va yoshlar o‘rtasida. 4 O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Tabiiy ofatlar va iqlim o’zgarishiga Shor  Qisqa muddatlidan o’rta • Iqtisodiy taraqqiyot chidamlilikni kuchaytirish muddatligacha: va kambag’allikni (13-BRM: Iqlim sohasidagi choralar) • Xarajatlarni baholash va moliyalashtirish qisqartirish vazirligi Iqlim o’zgarishi ijtimoiy sohani manbalarini o’z ichiga olgan maxsus • Favqulodda vaziyatlar zaiflashtiradi: qurg’oqchilikka moyil moslashtirish choralarini tayyorlash orqali vazirligi bo’lgan qishloq aholi punktlari daromad chidamlilik rejalarini amalga oshirish • Ekologiya va atrof- va iste’moldagi katta yo’qotishlarga • Orol dengizi tubi kabi muhim cho’llanish muhitni muhofaza duch kelishi kutilmoqda, aholi zich zonalariga asosiy e’tiborni qaratgan holda qilish davlat qo’mitasi joylashgan Farg’ona vodiysi esa ham xarajatlarni kamaytirish va uzoq muddatli • O‘zbekiston quruqlik, ham namlik ofatlaridan aziyat natijalarga erishish uchun iloji boricha Respublikasi chekishi kutilmoqda. tabiatga asoslangan qarorlar qabul qilish Gidrometeorologiya • Aholining eng zaif qatlamlarini, ayollar xizmati markazi va yoshlarni iqlim o’zgarishi oqibatlari (O‘zgidromet) haqida xabardor qilish va ularni himoya qilish uchun mahalliy institutlar tuzilmalarini mustahkamlash Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Falokatdan sug’urtalanish imkoniyati O’rta muddatlidan uzoq muddatligacha: cheklanganligi hisobga olinsa, mahalliy • Moslashuv strategiyasini qo’llab-quvvat- aholi himoyasiz. NDCning moslashish lash uchun iqlim ma’lumotlari va xavflar maqsadlari iqlim o’zgarishining bashorat tahlilining ishonchli tizimini yaratish qilinayotgan oqibatlariga mos keladi, • Davlatning shartli majburiyatlarini bajarish ammo batafsil rejalar ishlab chiqilishi uchun tabiiy ofatdan keyingi chora- kerak. Mahalliy aholi moslashuv tadbirlarni, shu jumladan, moliyaviy choralarini ishlab chiqishda muhim vositalarni, ishlab chiqish ishtirokchi hisoblanadi. • Tabiiy ofatlar xavfini, ayniqsa, qurg‘oqchilik xavfini moliyalashtirishning asosiy mexanizmi bo‘lmish sug‘urta bozorini mustahkamlash Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Sanoat va iqtisodiyotning yashil va Qisqa muddatli: • Iqtisodiy taraqqiyot kam uglerodli rivojlanishi va kambag’allikni • Mahalliy havo ifloslanishini kamaytirish qisqartirish vazirligi (7-BRM: Arzon va toza energiya manbalari) va uglerod chiqindilari darajasini nolga yetkazish maqsadlariga erishish • Energetika vazirligi O‘zbekistonda kam uglerodli texno- maqsadida emissiyani kamaytirish logiyalarga o‘tish energiyani ko‘p talab • Investitsiyalar va tashqi va energiya samaradorligini oshirish qiluvchi eksport tarmoqlariga savdoning savdo vazirligi uchun uzoq muddatli dekarbonizatsiya ta’sirini minimallashtiradi. O’tish ko’p strategiyasini tayyorlash lozim • Uy-joy kommunal yillik jarayon bo’lib, u qisqa va o’rta xizmat ko’rsatish muddatli chora-tadbirlarni belgilovchi • Energiya samaradorligini oshirish bo’yi- vazirligi mustahkam uzoq muddatli strategiyani cha Ilg’or texnologiya yoki o’qitishni talab qiladi. talab qilmaydigan kam xarajatli cho- • Transport vazirligi ra-tadbirlarni amalga oshirishni bosh- Qayta tiklanadigan energiya manbalari, lash. Ularga binolarni issiqlik izolatsiyasi shuningdek, energiya samaradorligini bilan qoplash hamda eski binolar va oshirishning arzon choralari katta imko- ishlab chiqarish liniyalarini modernizat- niyatlar taqdim etadi. siya qilish kiradi. O’tish davrini yetarlicha rag’batlantirish uchun subsidiyalarni islohot qilish va uglerod narxlarini belgilash bo’yicha chora-tadbirlar zarur. Ijtimoiy oqibatlar- ni yumshatish kerak. O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI 5 Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar O’rta muddatli: • Davlat korxonalariga (DK) byudjetdan subsidiyalar berish orqali kvazi defitsitni bosqichma-bosqich qisqartirishni davom ettirish va ularni tugatish Kam emissiyali texnologiyalarga oʻtishni tezlashtirish uc- hun kambagʻal aholi qatlamlarini maqsadli qoʻllab-quvvatlashni subsidiyalarni tugatish va uglerod narxini belgilash paketlarini joriy etish bilan birgalikda amalga oshirish. • Qoidalar va tariflar, elektr energiyasini sotib olish shartnomalari, ustuvor taqsimot va investor huquqlari sohalaridagi islohotlarni oxiriga yetkazish orqali qayta tiklanadigan energiyaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish • Regenerativ va sirkulyar tizimlarga asoslangan iqlimga mos sanoatni barqaror rivojlanish va bandlikni ta’minlashga yoʻnaltirish Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Yashil ish o’rinlari va aholining zaif Qisqa muddatli: • Iqtisodiy taraqqiyot qatlamlarini qo’llab-quvvatlash va kambag’allikni • “Yashil” o‘tish davrida ishchi kuchi talabi qisqartirish vazirligi (8-BRM: Munosib mehnat va iqtisodiy va taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarni chuqur o’sish) tahlil qilish • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Ishchi kuchlari oqimi qiyin vaziyatda • Ko’chirilgan ishchilar, ayniqsa, eng zaif Investitsiyalar va tashqi bo’ladi. Qishloq xo’jaligida yuqori qatlamlar, ayollar va yoshlarni yangi ish savdo vazirligi haq to’lanadigan faoliyatga ko’chish o’rinlari bilan imtiyozli ravishda ta’minlash • Innovatsiyalar vazirligi va diversifikatsiya tufayli sektordan va “yashil” ko’nikmalarni egallash uchun tashqariga oqimlar paydo bo’lishi qayta o’qitish, shu jumladan tadbirkorlik • Hududiy va mahalliy hokimiyatlar mumkin. dasturlari tashkil etish • Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Yangi “yashil” sektorlar qo'shimcha ish • Eng ko'p zarar ko'rgan mintaqalar o'rinlarini yaratishi va investitsiyalarni va jamoalarga ustunlik bergan holda jalb qilish va yangi firmalar ochilishini (qisqa va o'rta muddatli) kompaniyalar qo'llab-quvvatlash siyosatini o'tka- va tarmoqlar o'rtasida ko'chish zishni talab qilishi mumkin. Xizmat imkoniyatlarini yaxshilash uchun kadrlar ko'rsatish sohalari, innovatsiyalar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun va texnologiyalar o'sib borishi bilan kasbiy ta'lim darajasini oshirish yangi ko'nikmalar talab etiladi. “Jigar Shor Qisqa muddatlidan o'rta rang” sektorning ko'chirilgan ishchilari muddatligacha: qayta taqsimlanmaguncha ularning • Jismoniy shaxslar va korxonalarni daromadlarini tiklash kerak bo'ladi. moliyaviy qo'llab-quvvatlash va himoya Yangi “yashil” ish o'rinlari va qayta qilish tizimlarini joriy qilish. Ushbu tayyorlash dasturlariga imtiyozli kirish choralar ekologiya va uglerod solig'i orqali imkoniyati ko'rib chiqilishi mumkin. moliyalashtirilishi mumkin Qayta tayyorlash va ishga joylashish dasturlariga mahalliy hokimiyatlar ham qo'shilishi lozim. 6 O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar • Iqlim oʻzgarishi xavfi va yashil oʻtish masalalarini hal qilishda mahalliy aholini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mahalliy hokimiyat va mahalla qoʻmitalari salohiyatini kuchaytirish • Mahalliy darajada mulkchilik huquqlari va barqarorlikni ta'minlash uchun yer va tabiiy resurslarni rejalashtirish va boshqarishga, shuningdek, qishloqlarda yashil infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga mahalla qo'mitalari jalb qilish. Yashil yo’nalish va uning konteksti Tavsiya etilgan ustuvorliklar Idoralar Yashil moliyalashtirish Qisqa muddatli: • Moliya vazirligi (17-BRM: Maqsadlarga erishish uchun • Maqsadli “yashil” davlat xaridlari • Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik) orqali “yashil” yechimlarni erta va kambag’allikni tijoratlashtirishni qo'llab-quvvatlash qisqartirish vazirligi Davlat budjetini boshqarishni takomillashtirish va “yashil” fiskal • Davlat ekologik siyosatini ilgari surishda • Kapital bozorini siyosatga “yashil” maqsadlar bilan davlat va xususiy moliyalashtirishni rivojlantirish agentligi muvofiqlashtirilgan holda o’tish strategik yo'naltirish uchun O'zbekiston imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, yashil va/yoki suveren fondining “yashil” daromadlarni jalb qilish salohiyati va tegishli loyihasini o'rganish. imkoniyatlari ham mavjud, ammo • Yashil va iqlim obligatsiyalarini chiqarish davlat xarajatlaridagi asosiy salohiyatini mustahkamlash va standart muammolarni, ayniqsa subsidiyalar yashil taksonomiyalar yordamida yashil bilan bog‘liq masalani hal qilish kerak. investitsiya loyihalarini yaxshiroq BRM obligatsiyalari tajribasi xususiy aniqlash sohadan “yashil” moliyalashtirish manbalarini jalb qilish uchun qo‘l O'rta muddatli: kelishi mumkin. O‘zbekiston Yashil • Davlat korxonalarining investitsiyalari fondi davlat va boshqa resurslarni va qarorlarini uzoq muddatli “yashil” tashkil etishning strategik vositasi ustuvorliklarga muvofiqlashtirish bo‘lib, boshqa moliyalashtirish manbalari va institutlarni siqib • Ekologik standartlar asosida aktsiz chiqarmaydi. solig'ini qo'llash va qayta tiklanadigan energiyani joriy qilish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish • Tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash uchun subsidiyalarni qayta yo'naltirishni ko'rib chiqish: tabaqalashtirilgan qo'shilgan qiymat solig'i (QQS), tariflar, import bojlari va aktsizlar Global tartibga solish tendentsiyalariga muvofiq “yashil” moliyalashtirish standartlarini o'rnatish va “yashil” investitsiyalarni moliyalashtirishdagi to'siqlarni bartaraf etish orqali “yashil” moliya sektorini qo'llab-quvvatlash O‘ZBEKISTON YASHIL IQTISODIYOT SARI 7