Hisobotning qisqacha mazmuni Europe and Central Asia Region © 2021 The World Bank Group 1818 H Street NW Washington, DC 20433 Telephone: 202-473-1000 Internet: www.worldbank.org All rights reserved This work is a product of the staff of The World Bank. The findings, interpretations, and conclusions expressed in this work do not necessarily reflect the views of the Executive Directors of The World Bank or the governments they represent. The World Bank does not guarantee the accuracy of the data included in this work. The boundaries, colors, denominations, and other information shown on any map in this work do not imply any judgment on the part of The World Bank concerning the legal status of any territory or the endorsement or acceptance of such boundaries. Rights and Permissions The material in this work is subject to copyrighted. Because the World Bank encourages dissemination of its knowledge, this work may be reproduced, in whole or in part, for noncommercial purposes as long as full attribution to this work is given. Attribution Cite the work as follows: World Bank. 2021. “Uzbekistan: Second Agricultural Public Expenditure Review,” World Bank, Washington, D.C. All queries on rights and licenses, including subsidiary rights, should be addressed to the Office of the Publisher, The World Bank Group, 1818 H Street NW, Washington, DC 20433, USA; fax: 202-522-2422; e-mail: pubrights@worldbank.org. Pre-press alexpublishers.ru Cover design: Eldos Fazylbekov and Mirzobek Ibragimov . Hisobotning qisqacha mazmuni 1. Davlat xarajatlari qishloq xo‘jaligining o‘sishi, oziq-ovqat va oziqlanish xavfsizligi, barqaror oziq-ovqat tizimlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa maqsadlariga erishish uchun katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlarining xajmi muhim ahamiyatga ega, chunki kichik miqdordagi moliyalashtirish kamdan-kam hollarda sezilarli natija bera oladi. Shu bilan birga, jahon tajribasi yana shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligiga katta mablag‘ sarflanishi muhim bo’lishiga qaramasdan, bu narsa faqat qo’yidagi xolatlarda ijobiy natijaga erishishni kafolatlaydi: (i) mablag‘ “to‘g‘ri” dasturlar/funktsiyalarga ajratilganda, ya’ni ular yaqqol aniqlangan bozor mexanizmi nuqsonlarini bartaraf etishga yoki muhim jamoaviy ne’matlarni1 taqdim qilishni ta’minlaydigan bo’lsa (ya’ni byudjet taqsimoti samaradorligi); (ii) “to‘g‘ri” dasturlar sifatli amalga oshirilsa (ya’ni amalga oshirish samaradorligi); va (iii) rivojlanishning ko’zlangan natijalariga erishish uchun davlat xarajatlari bozorga mos tushadigan rag‘batlantirish mehanizmlari (stimullar) yaratishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi siyosati bilan qo’llab-quvvatlansa (ya’ni bozor narxlarini buzilishdan tiyilish). Yuqorida zikr etilgan shartlarni bajarishda oldinga siljimay turib, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishni oshirish tavsiya etilmaydi, chunki davlat xarajatlari oshirilishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdan kutilgan natijaga olib kelmaydi va soliq-byudjet, inflyatsion, valyuta kursi va boshqa makroiqtisodiy xavf-xatarlarni kuchaytirishi mumkin. To’g’ri taqsimlanmagan davlat xarajatlari qishloq xo‘jaligining o‘sish modelini buzishi, unumdorlik o‘sishining barqarorligiga putur etkazish va tabiiy resurslar bazasini yemirish orqali o‘rta va uzoq muddatda qishloq xo‘jaligining o‘ziga salbiy ta’sir qiladi. Demak, davlat xarajatlarining sifati muhim masala bo‘lib, u COVID-19 inqirozi va undan keyingi davrda moliyaviy bosimning kuchayishi sharoitida yanada dolzarb bo‘lib qolmoqda. 2. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining o‘sishi so‘nggi iqtisodiy islohotlarga javoban tezlashdi. Yuqori sur’atlarda o‘sishni ta’minlash uchun davlat siyosatini qayta ku’rib chiqish muhimligi O‘zbekistonning so‘nggi tajribasidan yaqqol ko‘rinib turibdi. 2017–2018 yillardagi sust o‘sishdan so‘ng, 2019 yilda ekin maydonlari 2,2 foiz qisqarishiga qaramay, o‘sha yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi 3,1 foiz o‘sdi. 2020 yilda qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasiga qaramasdan, Yalpi Ichki Mahsulot (YaIM)ning 1.6 foizga o‘sishiga nisbatan ko’proq – 3,0 foiz o‘sishi bilan barqarorlik kafolatiga, butun iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchga aylandi. 2021 yilda qishloq xo‘jaligining o‘sishi 3,1 foizni bo’lishi prognoz qilinmoqda. Qishloq xo‘jaligining so‘nggi paytdagi yuqori o‘sishi 2017—2018 yillarda boshlangan va meva-sabzovotchilik tarmog’ida bozorni buzadigan ko‘plab chora- tadbirlarni bekor qilinishi, paxta va g’alla tarmoqlarida islohotlarning dastlabki qadamlari shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasidagi ayrim davlat xarajatlari samaraliroq dasturlarga qayta taqsimlashni o‘z ichiga olgan iqtisodiy islohotlari ta’sirida yuzaga keldi. 1 Jamoviyt ne’matlar bilan ta’minlash iqtisodiy barqaror rivojlanishning birlamchi shartidir. 1 Hisobotning qisqacha mazmuni 3. Mamlakatning qishloq ho’jaligi sohadagi yuqori salohiyati hamda Xitoy, Vyetnam kabi reja iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tgan boshqa mamlakatlarda yuqori o‘sish tajribasini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Hukumati qishloq xo‘jaligining o‘sish sur’atlarini jadallashtirishga intilmoqda. Qishloq xo‘jaligi o‘sishini tezlashtirish uchun sohaga tegishli davlat siyosati va davlat xarajatlarini to‘g‘ri belgilash juda muhim. 2019 yilda yakunlangan birinchi Qishloq Xo‘Jaligi Sohasidagi Davlat Xarajatlari Sharhiga (AgPER) asoslangan ikkinchi AgPERda qishloq xo‘jaligi sohasidagi joriy va kutilayotgan davlat xarajatlarining kuchli va zaif tomonlari hamda ularni 2019 yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Qishloq Xo‘jaligi Strategiyasi) maqsadlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekliston Hukumatining bilimlarini takomillashtirish maqsad qilingan. 4. Mazkur AgPER doirasidagi tahlillar ko‘rsatishicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi byudjet tomonidan katta miqdorda ko‘mak olishni davom etmoqda. Birinchi AgPER tomonidan ko’rib chiqilgan 2016-2018 yillar davrida, 2017 va 2018 yillardagi fermer xo‘jaliklarining qarzlarini kechib yuborishni inobatga olmagan holda, qishloq xo‘jaligiga byudjet xarajatlari YaIM 2,1 foizini va umumiy davlat xarajatlarining 7,1 foizini tashkil etgan. 2019–2020 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlari YaIM va umumiy davlat xarajatlaridagi ulushi mos ravishda 2,3 va 8,9 foizgacha oshdi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlari 2020 yilda COVID-19 inqirozi oqibatida 2019 yilga nisbatan vaqtincha kamaydi, ammo kelgusi besh yilda xarajatlar o‘sishni davom etishi kutilmoqda. 5. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlari boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda kattadir. Bunday xarajatlarning katta qismi – YaIM 0,6 foizini tashkil etuvchi irrigatsiya uchun elektr energiyasini subsidiyalashga sarflandi. Ammo bu subsidiyasiz ham, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi xarajatlari boshqa davlatlarga qaraganda ancha katta. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) a’zo mamlakatlari qishloq xo‘jaligiga YaIMning 0,2 foizini sarflaydi. IHTTga a’zo bo‘lmagan 10 yirik mamlakat ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ular kamdan-kam hollarda qishloq xo‘jaligiga YaIM 1,0 foizidan ko‘prog‘ini sarflaydi va ularning aksariyati YaIM 0,5 foizini ushbu sohaga xarajat qilinadi. Bundan O‘zbekiston uchun xulosa shuki, boshqa muhim davlat dasturlarimi ko’proq moliyalashtirishga imkon yaratish maqsadida uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlari kamaytirishi kerak. Biroq, uzoq muddatli istoqbolda qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlarini qisqartirish maqsadiga erishish uchun qisqa va o‘rta muddatda ba’zi dasturlar, xususan, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va AKIS kabi umumiy qo’llab-quvvatlash xizmatlariga xarajatlarni oshirish, shuningdek, ba’zi xarajatlar yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. 6. Biroq, mazkur AgPER-ning muhim xulosasi shuki, na mavjud qishloq ho’jaligi siyosati, va na davlat xarajatlarini taqsimlanish samaradorligi O‘zbekistonda yuqori suratli, iqlim o‘zgarishiga bardoshli va inklyuziv qishloq xo‘jaligi o‘sishiga erishish uchun to‘liqligicha qulay sharoit yarata olmaydi. Paxta va bug‘doy ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga kam haq to‘lash amaliyoti davom etmoqda, chunki ma’muriy ravishda belgilangan narxlar bozor narxlaridan past darajada saqlab kelinmoqda, garchi ushbu ishlab chiqaruvchilar uchun “past narhlar asosida soliqqa tortish” so‘nggi yillarda sezilarli darajada pasaygan bo‘lsada. 2016–2018 yillarda paxta va bug‘doyning davlat tomonidan o‘rnatilgan xarid narxlari pastligi tufayli fermerlarning zarari har yili 4 trillion so‘m yoki 2 Hisobotning qisqacha mazmuni YaIM 1,3 foiz tashkil qilgan. 2019–2020 yillarda bu zarar 2,2 trillion so‘mgacha yoki YaIM 0,4 foizigacha kamaydi. COVID-19 pandemiyasi oziq-ovqat bozorida yangi qoidalarni va eksport cheklovlarni joriy etilishiga sabab bo‘ldi, buning oqibatida esa ushbu tovarlarga soliqlar o’shishi kutilmoqda. Lekin global pandemiya tugashi bilan ular bekor qilinishi kutilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlarida hali ham an’anaviy, energiya talab qiladigan irrigatsiya tizimlarini moliyalashtirish hamda paxta va g’alla yetishtirish uchun subsidiyali kreditlar katta ulush tashkil qiladi, qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalar tizimiga (AKIS), masalan, ta’lim, tadqiqot va axborot-maslahat xizmatlari va boshqa umumiy qo’llab-quvvatlash xizmatlar (UQQX) dasturlariga e’tibor past darajada saqlanib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturlari muvaffaqiyatli bo‘lgan boshqa kam daromadli mamlakatlar qishloq xo‘jaligi sohasi YaIMsini qariyb 0,5 foizi miqdoridagi davlat xarajatlarini qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va axborot-maslahat xizmatlariga sarflaydi (AKISning bir qismi). O‘zbekiston 2020 yilda ushbu maqsadga o‘n marta kam mablag’ – qishloq xo‘jaligi YaIM 0,06 foizini sarfladi. 7. So‘nggi paytlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlarining o‘zgarishi va qayta taqsimlanishi kabi ijobiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Qishloq xo‘jaligini past narxlar orqali soliqqa tortishni kamayishi va kelajakda bu holatni butunlay yo‘q qilish rejalaridan tashqari, yaqinda Qishloq xo‘jaligi strategiyasiga muvofiq va undan kelib chiqqan holda davlat xarajatlarida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi: 2021 yildan boshlab aylanma mablag‘lar avans kreditlari sabzavot ishlab a. chiqaruvchilarga ham berila boshlandi. Bir necha o‘n yillar davomida bunday yordam faqat paxta va g’alla yetishtiruvchilarga ko‘rsatilib kelgan. b. Paxta va g’alla yetishtiruvchilarni aylanma mablag‘ uchun past foiz stavkali kredit orqali subsidiyalash 2016 yildan 2019 yilgacha har yili oshdi. Lekin, 2020 yilda kredit oluvchilar to‘laydigan foiz stavkasining ko’tarilishi natijasida subsidiya 2019 yilga nisbatan ikki baravardan ziyod kamaytirildi. c. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish strategiyasi hamda yerni unumliroq foydalanish uchun qayta taqsimlash doirasida, hosildorligi past bo’lgan yerlarda paxta etishtirish uchun fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar 2019 yilda bekor qilindi. d. 2019 yilda paxta, meva-sabzavotchilik va yem-xashak yetishtirishda tomchilatib sug‘orish, uzumchilik sohasiga sarmoya kiritish va yerlarni o’zlashtirish kabi maqsadli subsidiyalar yordamida asosiy vositalarni shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir nechta dasturlar joriy etildi. Ushbu dasturlar zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va unumdorlikni oshirish uchun xo‘jaliklar aktivlarini modernizatsiyalashni qo‘llab- quvvatlaydi. Jahon tajribaga ko’ra ushbu to’lovlar ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga va moddiy-technik resurslarga (mineral o’gitlar, yoqilg’i va hakazo) o‘zgaruvchan xarajatlarni subsidiyalashga qaraganda qishloq ho’jaligi ishlab chiqaruvchilarga to’g’ri- dan-to’g’ri to‘lovning “to’g’riroq” turlari hisoblanadi. Bu subsidiya va kreditlarning ba’zilari yaqinda ilk marotaba dehqon va tamorqa xo‘jaliklariga xam berila boshlandi. e. So‘nggi yillarda kichik xo‘jaliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to’lovlar orqali (subsidiyalashtirilgan kredit, maqsadli grantlar va salohiyatni oshirish) hamda bilvosita (kooperatsiya, ishlab chiqarishda sheriklik va lizing) qo‘llab-quvvatlash o‘sdi. 3 Hisobotning qisqacha mazmuni f. Chorva salomatligi va boshqa sanitariya tadbirlariga davlat xarajatlari 2016 yildan 2020 yilgacha o‘n barobar, o‘rmon xo‘jaligiga esa uch barobar oshdi. g. AKISga davlat xarajatlari 2016 yildan 2020 yilgacha ikki barobar oshsa-da, juda past darajada qolmoqda. 2020 yilda bir qancha qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari asosiy xodimlarining ish haqi xarajatlari respublika byudjetidan qoplana boshlandi. Bungacha ularning ish haqini to‘lash uchun institutlar tijorat daromadlarini ishlab topish kerak edi. Natijada, ko‘pchilik ilmiy-tadqiqot institutlari daromad olish maqsadida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va amaliy tadqiqot ishlarini olib bora olmagan. h. Rivojlanish sohasidagi sheriklar tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari xilma-xilligi oshib, asosan kredit liniyalari va ularni o’zlashtirishga bog’liq’ kichik miqiyosdagi salohiyatni oshirish amaliyotidan, kredit liniyalari hamda ko‘proq qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat institutlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yirik investitsiyalaridan iborat kompleks yondashuvga o‘tildi. 8. Davlat xarajatlarning bunday o‘zgarishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining rivojlanishini yanada inklyuziv va kelajakda iqlimga bardoshli bo‘lishiga yordam beradi. Ular qishloq xo‘jaligini yanada inklyuziv, ish o‘rinlari yaratadigan, iqlimga o’zgarishiga bardoshli va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga erishish maqsadlari 2019 yilgi Qishloq Xo‘Jaligi Strategiyasining ustuvor yunalishlarini mos keladi. Mazkur hisobotning bir qismi sifatida tayyorlangan qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlarining 2021–2025 yillardagi istiqbollariga binoan, ushbu ijobiy tendentsiyalarning davom etishi bashorat qilinmoqda, bunda COVID-19 inqirozidan keyin moliyaviy imkoniyatlar cheklanishi hisobiga qishloq xo‘jaligiga umumiy byudjet xarajatlari ozroq oshirilib, asosiy o‘zgarishlar dasturlar o‘rtasida moliyalashtirishni qayta taqsimlanishi evaziga amalga oshadi. 9. Biroq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlarining yanada samarali va natijador bo‘lishiga tahdid soluvchi xavf-xatari yuqoriligicha qolmoqda. Bu xavf- xatarlarga quyidagilar kiradi: (i) qishloq xo‘jaligini past narxlar orqali soliq solishni rejadan sekinroq bartaraf etish; (ii) byudjetni rejalashtirish va ijro etish jarayonida turli vazirliklar o‘rtasida zaif o’zaro muvofiqlashtirish; (iii) rivojlanish bo‘yicha sheriklar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar orqali investitsiyalarni strategik rejalashtirish va amalga oshirishning yo‘qligi; (iv) “to’g’ri” UQQX dasturlarining sust va sifati past darajada amalga oshirilishi; (v) chorvachilik subsidiyalarining uzluksiz ravishda ko’payishi; (vi) irrigatsiya uchun elektr harajatlarining pasaytirish hamda sug‘orish va melioratsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida ijobiy o’zgarish yo‘qligi; va (vi) kichik xo‘jaliklarga ko‘proq moslashtirilgan ko‘makni kengaytirishda sustkashlik. 10. Yuqorida zikr etilgan xavf-xatarlarni yuqotishdagi muvaffaqiyat keyingi o‘n yil davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga davlat xarajatlarining samaradorligini belgilab beradi. Hisobotda qishloq xo‘jaligi siyosati, davlat xarajatlarining taqsimot samaradorligini va davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligi oshirib ushbu xavf- xavflarni yuqotishga qaratilgan asosiy tavsiyalar taklif qilingan, jumladan: 4 Hisobotning qisqacha mazmuni a. Agrar siyosatning rag‘batlantirish vositalarini takomillashtirish: i. Qishloq ho’jaligi ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari uchun bozor narxlarida pullay olishlarini ta’minlash. ii. Paxta va bug‘doy sohalarini liberallashtirishni oxirgacha yetqazish va qishloq xo‘jaligi yerlari hamda kapital bozoriga tegishli ikkinchi bosqich islohotlarni boshlash. b. Davlat xarajatlarining taqsimot samaradorligini oshirish: i. Qishloq xo‘jaligiga davlat investitsiyalarini rejalashtirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun o‘rta muddatli byudjet xarajatlar tizimidan (MTEF) foydalanish. ii. MTEFga rivojlanish bo‘yicha sheriklar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni kiritish. iii. Elektr energiyasi uchun yuqori xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida irrigatsiya tizimini modernizatsiyalashga investitsiya qilish. Uzoq muddatda irrigatsiya xarajatlarini kamaytirish uchun irrigatsiya uchun davlat xarajatlari qisqa va o‘rta muddatda ko‘payishi kerak. iv. Ishlab chiqarish hajmiga bog’liq’ subsidiyalarini investitsion maqsadli subsidiyaga va UQQX dasturlari foydasiga qayta taqsimlash orqali chorvachilik sohasini subsidiyalariga boq’liqligini kamaytirish. c. Davlat dasturlarining amalga oshirilish samaradorligini oshirish: i. UQQX dasturlari uchun kelajakda byudjet xarajatlari o‘sishini oqlash uchun davlat muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi xizmatlarini rejalashtirish va amalga oshirish salohiyatini oshirishga ko‘proq byudjet mablag‘larini sarflash. ii. Qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlari va rag‘batlarish mehanizmini yaxshiroq baholash va moliyaviy yordamni qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilariga ko‘proq texnik yordam ko‘rsatish bilan to‘ldirish yordamida tomchilatib sug‘orish kabi zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashda ko‘mak berishda yanada kompleks yondashuvni qo‘llash. Dehqon va tamorqa xo‘jaliklarini maqsadga va joyiga mos vositalar to’plami iii. yordamida qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish. 11. 1-jadvalda asosiy tavsiyalar uchun aniq tadbirlarning qisqacha tavsifi berilgan. Ular kelgusi ikki yil ichida amalga oshirilishga qaratilgan qisqa muddatli tadbirlar hamda kelgusi uch-besh yil o’rta muddatli davr ichida amalga oshiriladigan tadbirlar guruhlariga bo‘lingan. 5 Hisobotning qisqacha mazmuni 1-jadval: O‘zbekiston: Qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat xarajatlari samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif qilingan chora-tadbirlar Qisqa muddatda (1–2 yil) O‘rta muddatda (3–5 yil) Davlat tomonidan ma’muriy ravishda - - paxta narxi raqobat va xarid narxini belgilashni bekor qilish bozorga asoslangan va bug‘doyni davlat ehtiyojlari uchun holda aniqlanishini Qishloq (masalan, strategik zaxira) bozor narx- ta’minlash uchun paxta xo‘jaligini ida xarid qilish bozorining klaster past narxlar - Paxta uchun xarid minimal narxlari ek- tizimini isloh qilish 1 orqali soliq sport pariteti narxlariga mos kelishini - qishloq xo‘jaligi va oziq- solishni bekor ta’minlash ovqat mahsulotlarining qilish narxini nazorat qilishdan tiyilish - Respublika darajasida qishloq xo‘jal- - MTEF byudjet so‘rovlari igiga barcha ( joriy va kapital) davlat o‘tgan yillarda erishilgan xarajatlarini va qishloq xo‘jaligiga natijalar va kelajakdagi Qishloq xarajatlarini boshqaruvchi barcha asosiy ko‘rsatkichlar/ xo‘jaligi davlat tashkilotlarini hisobga olgan maqsadlar tavsifiga sohasida holda MTEFni joriy etish. tayanganligini ta’min- 2 lash muvofiqlashti- - Mahalliy darajada AKISning mint- rishni kuchay- aqaviy markazlari asosida qishloq tirish xo‘jaligi bilan bog‘liq davlat muas- sasalari o‘rtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirish - MTEF va umumiy davlat investitsiyala- - MTEFga rivojlanish Qishloq rini boshqarishga rivojlanish bo‘yicha bo‘yicha sheriklar xo‘jaligi- sheriklar tomonidan moliyalashtiril- tomonidan moli- ni davlat adigan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yalashtiriladigan va xarajatlarini davlat muassasalari, ya’ni mablag’ qishloq xo‘jaligi sohasi- rejalashti- qabul qiluvchilar tomonidan bajaril- dagi davlat muassasal- rish va ijro adigan loyihalarni kiritish ari tomonidan amalga 3 jarayoniga - Donor loyihalari tomonidan boshlan- oshiriladigan barcha donorlar to- gan dasturlardan (masalan, AKIS) ke- loyihalarni kiritish monidan moli- lib chiqadigan kelgusi joriy xarajatlar- yalashtiril- ni byudjetga kiritilishini ta’minlash adigan loyihalarni kiritish 6 Hisobotning qisqacha mazmuni Qisqa muddatda (1–2 yil) O‘rta muddatda (3–5 yil) - Qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat - Amalga oshirish sifatini muassasalarida mavjud dasturlarni baholash uchun mon- Qishloq amalga oshirish sifatini yaxshilash itoring va baholash xo‘jaligi maqsadida ichki tashkiliy takomil- (M&E) tizimini kiritish va sohasida lashtirishni amalga oshirish davlat xarajatlari/MTEF- xizmatlar ni rejalashtirishga kerak - amalga oshrilayotgan har qanday 4 ko‘rsatish ma’lumotlar bazasini tadbirlar yoki xizmatlarga iqlim bilan bo’yicha dav- yaratish bog‘liq ishlarni ko’zda tutish lat muassas- alari salohiya- - Donorlar tomonidan moliyalashtiril- tini oshirish adigan loyihalarni amalga oshirishda kuchli institutsional vazifani amalga oshirish - Chorvani oziqlantirish, AKIS, veteri- - Qishloq xo‘jalik yerlarini nariya xizmatlari, sun’iy urug‘lantirish bozorga mos ravishda va mahalliy selektsiya/zot xo’jaligi ishlatish va yem-xas- kabi UQQX dasturlariga ko‘proq xara- hak ishlab chiqarishni Chorvachilikni jat qilish ko‘paytirish maqsadida qo‘llab-quv- ekinlarni majburiy joy- - chorvachilik mahsulotlari ishlab vatlashda lashtirish tizimini bekor chiqarish xajmiga subsidiyalari o‘rniga 5 xarajatlar qilish asosiy kapital/aktivlarni shakllantirish taqsimoti sa- uchun maqsadli grant/subsidiyalarni - Chorva miqdorini ka- maradorligini joriy etish maytirishni rag‘batlantir- oshirish - zotdor chorva importini qo‘llab-quv- ish vositalarini kiritish vatlashni keskin oshirishdan saqlan- - UQQX dasturlarini ish amalga oshirish sifatini yaxshilash - eng muhim aktivlarga zarur ta’mirlash - Yuqori samarali irrigat- va texnik xizmat ko‘rsatish xarajat- siya texnologiyalaridan larini taqsimlashda ustuvorlik bel- foydalangan holda gilash va uning asosiga “profilaktik irrigatsiya va meliorat- ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sya tizimini modernizat- rejasini” tayorlash. siyalash, rekonstruksiya - tomchilatib sug‘orishni qo‘llab-quv- qilish va ta’mirlash orqa- Irrigatsi- li irrigatsiya tizimlarining vatlash dasturidan maksimal manfaat ya tizimini samaradorligini oshirish ko‘rish yulidagi to’siqlarni bartaraf modernizat- 6 qilishda fermerlarga ko‘mak berish - Irrigatsiya tizimini siyalashga - suv inshootlarida elektr energiyasi volumetrik to‘lovlarga investitsya sarfini kamaytirish bo‘yicha joriy loy- tayyorlash uchun tuman qilish ihalarni amalga oshirish sur’atini te- suv xo‘jaligi tashkilotlari zlashtirish va nasos stantsiyalarining va suv iste’molchilar uy- ishlashini tartibga solishning samarali ushmalari (SIU) o‘rtasida usullarini joriy etish. va SIU hamda fermer - Irragatsiya tizimini boshqarishda xo‘jaliklari o‘rtasida vol- inson salohiyatini oshirishga ko‘proq umetrik o‘lchashni joriy investistiya qilish etish. 7 Hisobotning qisqacha mazmuni Qisqa muddatda (1–2 yil) O‘rta muddatda (3–5 yil) - Kichik xo‘jaliklarni subsidiyalashgan - Kichik xo‘jaliklarni kreditga qo’shimcha ravishda boshqa qishloq xo‘jalik mahsu- Kichik xo‘ja- qo‘llab-quvvatlash vositalarining kom- lotlarining zamonaviy liklarini pleks tizimini davom ettirish zanjirlariga qo‘shish 7 qo‘llab-quv- - Kichik xo‘jaliklarining ehtiyojlarini ba- dasturlarini kengayti- vatlashni holash va AKISning ayrim xizmatlarini rish va ularning inson kuchaytirish kichik jaliklarning o‘ziga xos ehtiyo- kapitalini rivojlantirishga jlariga moslashtirish e’tibor berish Manba: Jahon banki. 8